Ispaniyalik uchuvchi Migel Anxel Gordilyo birinchi marta bir motorli samolyotda Antarktida ustidan tanaffuslarsiz uchib o‘tdi. Bu haqda, Granada universiteti tarqatgan bayonotga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ekspeditsiyadan ko‘zlangan maqsad atmosfera havosining ifloslanish darajasini aniqlash bo‘ldi. Gordilyo Italiyadagi ilmiy bazadan uchib chiqib va Simor orolida qo‘ndi.
20,5 soat davom etgan parvoz chog‘ida uchuvchi Ross dengizi, Qutb platosi va Ueddell dengizi ustidan o‘tdi. Samolyot 4,5 ming kilometr uchib o‘tdi. Shu vaqt davomida Gordilyo har uch daqiqada bazaga o‘zining ahvoli, yo‘l uchun sarflanayotgan vaqt, tezlik va yo‘nalish haqida ma’lumot berib turdi.
Izoh (0)