Taniqli aktyor Robert de Niro AQShning yangi prezidenti Donald Trampning yuziga urish fikridan qaytganini bildirdi. Bu haqda u Jimmi Kimmelning shousida ma’lum qildi, deb xabar beradi TJournal.
73 yoshli kino yulduzi bunday lavozimga saylangan insonni hurmat qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
“Men uni ura olmayman, negaki endi u prezident. Men uni hurmat qilishim kerak. Biz u nima qilmoqchiligini ko‘rishimiz lozim. Ko‘rib turibmizki, hozir ko‘p shaharlarda odamlar juda xafa va namoyishlar uyushtirmoqda”, — dedi de Niro.
Shuningdek, de Niro, Trampga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga qaramay, o‘zini yaxshi his etmayotganini tan oldi.
Oktabr oyi boshida de Niro Trampni cho‘chqa deb atagan va uni urishga tayyorligini bildirgan edi.
“U dahshatli darajada tentak. U cho‘chqa. U bizlarga mutlaqo tupurgan. Mamlakatimiz bu darajaga yetib borganidan uyatdaman. U odamlarning yuziga urmoqchiligini aytadi. Men ham quvonch bilan uning yuziga tushirardim”, — degan edi aktyor.
Izoh (0)