Los-Anjeles okrugining Bolalarni himoya qilish xizmati aktyor Bred Pittning farzandlariga qo‘pol munosabatda bo‘lgani haqidagi ma’lumot yuzasidan unga nisbatan boshlagan tekshiruvi yakunlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bolalarni himoya qilish xizmati Pitt samolyot bortidagi janjal chog‘ida o‘z farzandlariga nisbatan kuch ishlatmagan, degan xulosaga keldi.
TMZ nashri huquq-tartibot organlaridagi manbalariga tayanib yozishicha, puxta tekshiruv o‘tkazilgan, uning davomida xizmat xodimlari Pittni, uning rafiqasi Anjelina Jolini, ularning farzandlarini va hodisaning boshqa guvohlarini so‘roq qilgan.
Izoh (0)