FIFA kunlaridan unumli foydalangan terma jamoalar 9-noyabr kuni xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Roberto Martines boshchilik qilayotgan va JCh—2018 saralashida yo‘qotishlarsiz borayotgan Belgiya terma jamoasi Amsterdamga tashrif buyurib, Gollandiya bilan durang natijaga imzo chekdi — 1:1. Uchrashuvning 82-daqiqasiga kelibgina belgiyalik futbolchilar mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Qozog‘istonlik hakam boshqarib borgan Tojikiston va Turkmaniston termalari o‘rtasidagi bellashuvda esa mezbonlar yirik hisobda zafar quchdi. “Istiqlol” klubi hujumchisi Manuchehr Jalilov bellashuvda dubl qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston terma jamoasi safida O‘zbekiston Oliy Ligasida to‘p suradigan uch nafar legioner futbolchi — Artur Gevorkyan, Arslonmurot Omonov hamda Elman Tagayev to‘p surdi.
Bugun — 10-noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida Iordaniyaga qarshi saf tortadi. Bellashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O‘rtoqlik o‘yinlari 9-noyabr, chorshanba
Izoh (0)