Muqaddas taxt (Rim papasi va Rim kuriyasidan iborat Vatikan hukumati) AQSh xalqining xohish-irodasiga hurmat izhor etib, mamlakatning yangi prezidenti tinchlik yo‘lida ishlashiga umid bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Vatikan davlat kotibi (hukumat boshlig‘i) kardinal Pyetro Parolin ANSA agentligiga bu so‘zlarni yetkazdi.
“Biz AQSh xalqining irodasini hurmat bilan inobatga olamiz, zero, aytishlaricha, fuqarolarning ishtiroki yetarli darajada bo‘ldi. Biz yangi prezidentni tabriklaymiz va uning mehnati samarador bo‘lishini tilab qolamiz. Uning ishi tinchlik va ezgulikka xizmat qilishi uchun duolarimizni ayamaymiz. Dard-alam ko‘p dunyodagi vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun barchamiz ishlashimiz lozim”, — dedi oliy martabali ruhoniy.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti saylovida Respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozondi.
Izoh (0)