Xalqaro boks tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik ilk chempionlik himoyasini Janubiy afrikalik Tabiso Mchunuga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aleksandr Usik shu yilning 17-dekabr kuni Bosniya va Gersegovina vakili Damir Belyo bilan jang o‘tkazishi kerak edi, ammo bosniyalik sportchi jismonan tayyor emasligi sababli jang o‘tkazishdan bosh tortdi.
Usik va Mchunu o‘rtasidagi bellashuv avvalroq belgilangan muddatda – 17-dekabr kuni o‘tkaziladi. Ukrainalik bokschining manfaatlarini himoya qiluvchi K2 Ukraine promouterlik kompaniyasi rahbari Aleksandr Krasyuk Tabiso Mchunu bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik professional ringda 10 ta jang o‘tkazib, barchasida (9 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan. Mchunu 19 ta bellashuvdan 17 tasida (11 tasida nokaut bilan) zafar quchib, 2 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Izoh (0)