18–20-noyabr kunlari Toshkentda Slovakiya kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirni Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Namoyishlar Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul.
18-noyabr soat 18:30 da rejissor Dushan Xanakning “Men sevaman, sen sevasan” filmi (1980) namoyish etiladi. Ushbu film 1989-yilda Berlin Xalqaro festivalida eng yaxshi rejissura uchun “Kumush ayiq” mukofotini qo‘lga kiritgan.
19-noyabr soat 17:00 da rejissor Peter Solanning “Bokschi va o‘lim” filmi (1962) namoyish etiladi. Film fashizm yillarida konslagerlar hayoti qanday kechganidan hikoya qiladi.
Nihoyat, 20-noyabr soat 17:00 da “Dunay so‘qmog‘i” filmi (1989) namoyishi bo‘lib o‘tadi. Rejissor — Miloslav Luter. Film urushdan keyingi yillarda yashagan ikki do‘stning hayotidan hikoya qiladi.
Izoh (0)