Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi, shvetsiyalik futbol yulduzi Zlatan Ibragimovich jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ish uslubidan norozi. Bu haqda, The Times gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ilgari Mourinyo jamoa shifokorlarining ishidan norozi ekanligi ma’lum bo‘lgan edi. Portugaliyalik mutaxassis tibbiy shtab yaxshi ishlamagani tufayli futbolchilar ko‘p jarohat olayotganini aytgandi.
Ibragimovichning fikricha, jarohatlar hamda o‘yinchilarning tayyorgarlik darajasi pastligi mashg‘ulotlar jarayoni bilan bog‘liq, negaki murabbiyning mashg‘ulot o‘tish uslubi shvetsiyalik futbolchi va uning jamoadoshlariga mos kelmaydi. Xususan, Ibragimovich murabbiy to‘p bilan ishlashga ko‘p e’tibor bergan holda aerob mashqlarini chetda qoldirayotganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)