AQSh prezidentligi uchun saylovda ishtirok etgan mamlakat fuqarolaridan biri Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi futbolchisi Lionel Messiga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
“Chempionat”ning yozishicha, saylovchi byulletenda na Tramp va na Klintonni ko‘rsatdi, balki Lionel Messi deya yozib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, AQSh prezidentligi uchun saylov Donald Trampning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. U hal qiluvchi pallada asosiy raqobatchisi Xillari Klintonni ortda qoldirdi.
Izoh (0)