Rossiyaning Smolensk viloyatida istiqomat qiluvchi ayol nafaqaxo‘r eriga soxta haydovchilik guvohnomasini sovg‘a qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Ushbu guvohnomani Moskvada olgan erkak ayolga uni sotgani tegishli tashkilotlarga ma’lum bo‘ldi. Tekshiruv chog‘ida 35 yoshli erkak nafaqaxo‘r ayolga Moskva viloyatidagi avtomaktabni bitirganlik haqidagi guvohnomani sotgani aniqlandi.
Erkak ushlanib, navbatchi qismga yetkazildi va u yerda aybini tan oldi.
Shuningdek, 1956-yilda tug‘ilgan ayol sotib olayotgan guvohnomasi soxta ekanligini bilgani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda qalbaki guvohnoma olib qo‘yildi, gumondorga nisbatan esa ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)