Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi, shuningdek, “Bir bo‘l” va “Qirg‘iziston” partiyalari 3-noyabr kuni yagona parlament koalitsiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yaqin bir necha kun ichida koalitsion kelishuvni imzolagan partiyalar yangi hukumat strukturasini shakllantiradi. Bu keyingi hafta boshida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Koalitsiya shakllantirilgani haqidagi rasmiy bayonot yaqin orada tarqatiladi, deb ma’lum qildi Qirg‘iziston SDP vakillari.
Izoh (0)