Koreya Respublikasi qirg‘oq qorovuli mamlakatning Sariq dengizdagi alohida iqtisodiy zonasi hududiga kirgan xitoylik brakonyerlarni o‘qqa tutdi. Bu haqda, “Ryonxap” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, chegarachilar ikki baliqchi kemasini ushlab qolib, ularni Inchxon portiga yo‘lladi.
“Qo‘shni shxunalardagi brakonyerlar to‘qnashuvning oldini olish uchun M60 pulemyotlaridan bir necha marta o‘t ochgan qirg‘oq qorovuliga to‘sqinlik qilishga urindi”, — deyiladi xabarnomada.
Ayni paytda qo‘lga olingan ikki kapitan va 20 ekipaj a’zosining shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)