Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi, FIFAning taqiqiga qaramay, shotlandiyaliklarga qarshi bahsni harbiy ixtiloflar qurbonlari ramzi bo‘lmish lola-qizg‘aldoq rasmi tushirilgan futbolkalarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, The Times’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Angliya va Shotlandiya terma jamoalari 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bahslari doirasida “Uembli”da uchrashuv o‘tkazadi. O‘yin 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun mamlakatda Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlarining harbiy ixtiloflarda halok bo‘lgan askarlarni yodga olish kuni hisoblanadi.
FIFA lola-qizg‘aldoq siyosiy ramz ekanligini aytib, ushbu ramz tushirilgan futbolkada o‘yin o‘tkazishni taqiqladi. FIFA qoidalariga muvofiq, futbolchilarning liboslaridagi tasvirlar diniy yoki siyosiy ma’noga ega bo‘lishi kerak emas.
Ammo Angliya futbol uyushmasi, agarda FIFA qarorini o‘zgartirmasa, taqiqqa amal qilmasligi mumkin. Mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning matbuot kotibi uyushmaning qarorini qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)