Angliyadagi eng qadimgi mehmonxona — Royal Clarence ikki kundan buyon Ekseter shahrida (Devon grafligi ma’muriy markazi) davom etayotgan kuchli yong‘in oqibatida butunlay xarob ahvolga keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ekseterning markazidagi kvartallardan biridagi yong‘in 28-oktabr, juma kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 5:00 da, Castle Fine Art nafis san’at galereyasi ustida joylashgan xonalarni modernizatsiya qilish ishlari paytida kelib chiqdi. Yong‘in qo‘shni binoga — XVIII asr tavernasi bo‘lmish Well House Tavern’ga o‘tdi. U yerdan, o‘z navbatida, olov qo‘shni mehmonxonaga o‘tdi.
Mehmonxona shaharning eng asosiy me’morchilik yodgorliklaridan biri edi.
Izoh (0)