25-oktabr kuni virtual qabulxona faoliyatining 1 oylik yakunlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev raisligidagi majlis o‘tkazildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar qilindi.
“Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining murojaatlarni ko‘rib chiqilayotganda sansalorliklarga yo‘l qo‘ygan qator mansabdor shaxslarga nisbatan choralar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi. Majlisda berilgan boshqa yana qator topshiriqlar bo‘yicha bayonnomaning o‘rniga tegishli Vazirlir Mahkamasi Qarori qabul qilinadigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)