Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Bolgariya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Ludogorets” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi o‘yin maydonga uchib kelgan o‘rdak tufayli bir muddatga to‘xtatildi. Ushbu holat aks etgan video Twitter’dagi Non Sence Football akkauntida e’lon qilindi.

Ushbu holat uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalarda yuz berdi. “Lokomotiv” darvozaboni Nikolay Bankov parrandani maydondan olib chiqmoqchi bo‘ldi, ammo uni ushlay olmadi.

Uchrashuv bosh hakami Stefan Apostolov birinchi bo‘limga yakun yasashga qaror qildi. Tanaffusdan vaqtida o‘rdak maydonni tark etdi.

Bolgarliya chempioni “Ludogorets” mazkur o‘yinda 4:0 hisobida zafar quchdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda