Ayollar har sutka 50 daqiqaga, yiliga esa 39 kunga erkaklardan ko‘ra ko‘proq ishlaydi. Bu haqda, The Global Gender Gap yillik hisobotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Oxirgi o‘n yil davomida jahonda ishlayotgan ayollar soni chorak milliardga o‘sgan bo‘lishiga qaramay, ishdagi gender notenglikni butunlay bartaraf etish uchun yana 170 yil talab etiladi, agar bu boradagi ishlar sur’ati hozirgiday ketsa, deb aniqlik kiritiladi hisobotda.
Hisobotda ayollar uyda bajaradigan va evaziga haq olmaydigan uy yumushlari inobatga olingan. Aynan shu omil hisobga olingan taqdirda ayollar erkaklardan ko‘proq ishlaydigan bo‘lib chiqadi.
Izoh (0)