Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning fikricha, Yevropaga kelayotgan muhojirlar jamiyatga foyda keltirishi mumkin. Bu haqda u Fransiyaning Europe1 radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Muhojirlar ustunlik berishi mumkin. Ular Yevropaga integratsiyalashishi mumkin”, — dedi milliarder.
“Ularning ko‘pchiligi iqtidor va qobiliyatga ega. Agar ularga imkoniyat berilsa, bu muhojirlar jamiyatga foyda keltirishi mumkin”, — qo‘shimcha qildi Geyts.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, 16-oktabr holatiga ko‘ra Yevropaga 318816 kishi yetib keldi. Muhojirlarning asosiy qismini Gretsiya (168689 kishi) va Italiya (145128 kishi) qabul qildi.
Izoh (0)