Urugvay chempionati doirasidagi “Penyarol” va “Rampla Xuniors” jamoalari o‘rtasida “Sentenario” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv arenadagi hojatxonalardan birida yuz bergan otishma tufayli to‘xtatildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Ta’kidlanishicha, hujum qurboniga aylangan noma’lum kimsa qo‘l va oyoq jarohatlari bilan Montevideo shahridagi shifoxonalardan biriga yetkazildi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, otishma “Penyarol” muxlislari o‘rtasida, giyohvand moddalar sotuvi yuzasidan kelib chiqqan.
Qayd etish kerakki, jamoalar birinchi bo‘limni oxirigacha o‘ynadi. Unda “Rampla Xuniors” 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘yinni qoldirishga qaror qilindi.
Izoh (0)