Bahrayn mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Avvalroq Saudiya Arabistoni terma jamoasi Iroq ustidan zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi.
Bahrayn va Vyetnam jamoalari o‘rtasidagi o‘yin taqdirini 72-daqiqada kiritilgan yagona gol hal qildi va Vyetnam JCh—2017 ishtirokchisiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Bahrayn termasi Saudiya, Janubiy Koreya va Tailand joy olgan guruhni 1-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, KXDRni mag‘lub etgan, Iroq hamda BAA bilan durang o‘ynagan Vyetnam “B” guruhida ikkinchi bo‘lgandi.
Chorak finalning yana ikki o‘yini bugun — 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 18:15 da Yaponiya va Tojikiston termalari maydonga chiqib kelsa, O‘zbekiston hamda Eron yoshlari o‘rtasidagi bellashuv 21:15 da start oladi. O‘zMTRKning “Sport” telekanali bellashuvlarni jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgan.
Osiyo Chempionati—U19 Chorak final 23-oktabr, yakshanba
Bahrayn — Vyetnam 0:1
Gol: Tran Tan, 72 (0:1).24-oktabr, dushanbaO‘zbekiston — EronYaponiya — Tojikiston
Izoh (0)