O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Facebook’dagi sahifasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik Karina Muradyan Osiyo Futbol Konfederatsiyasining qit’ada hakamlikni rivojlantirish bo‘limiga boshliq etib tayinlangan.
Karina Muradyan avvalroq O‘FF terma jamoalar markazining xalqaro bo‘limida faoliyat olib borgan. Keyinroq esa BAAning Toshkentdagi elchixonasiga ishlagan.
“Kasbdoshimizni yangi lavozim bilan tabriklaymiz va yangi ishida unga omad tilaymiz”, — deb yozilgan O‘FF sahifasida.
Izoh (0)