• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    YeXHT Prezident saylovini kuzatish uchun O‘zbekistonga birinchi marta to‘laqonli missiyasini yubormoqda

    Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson hukuqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) saylov arafasidagi vaziyat hamda 2016-yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi va bo‘lajak saylovni kuzatish bo‘yicha to‘laqonli missiyasini yuborish rejalari haqida bayon qildi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar qildi.

    Foto: Markaziy saylov komissiyasi

    Foto: Markaziy saylov komissiyasi

    O‘zbekistonning muhim siyosiy tadbirni ochiq, oshkora, umume’tirof etilgan saylov standartlariga muvofiq o‘tkazishga tayyor ekanligini inobatga olgan holda saylovlarni kuzatish bo‘yicha to‘laqonli missiya mamlakatga birinchi marotaba yuborilmoqda.

    Avval O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan joriy yilning 11–14-oktabr kunlari YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik va Saylov bo‘yicha departamenti maslahatchisi Ulvi Axundlu tarkibidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) saylov arafasidagi vaziyatni va saylovga tayyorgarlikning borishini baholash, saylov komissiyalarining, saylovni o‘tkazishga aloqador bo‘lgan davlat hokimiyati organlarining ishlari, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining saylovoldi jarayonidagi faoliyati bilan tanishish, saylovga doir milliy qonun hujjatlarining umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos kelishini tahlil qilish maqsadida respublikaga tashrif buyurgan edi.

    Vazirlik, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston parlamentidagi uchrashuvlar chog‘ida DIIHB ekspertlari bevosita O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi, saylov qonunchiligi va saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida har tomonlama va xolis axborot oldi.

    EBM hisobotida O‘zbekiston saylov qonunchiligi jiddiy ravishda yaxshilanganligi ta’kidlangan. Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi joriy yilning 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilib, uch oy ichida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkazilishini bildirdi va 2016-yilning 4-dekabrini saylov kuni deb belgiladi.

    Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasi qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda o‘tkazilishini ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar Dasturi tasdiqlanganligini baholadi.

    Nomzodlar ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlab to‘plangan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartib-taomilini, saylovoldi tashviqoti tashkil etilishini hamda saylov kampaniyasi moliyalashtirilishini, shikoyat va arizalar ko‘rib chiqilishini, shu jumladan, ma’muriy huquqbuzarliklar rasmiylashtirilishini, shuningdek kuzatuvchilarning huquqari hamda burchlariga oid masalalarni tartibga solib turuvchi qator yo‘riqnomalar va nizomlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinganligiga e’tibor qaratildi. Saylov uchastkalarini jihozlash va tashkil etish bo‘yicha saylov komissiyasining a’zolariga mo‘ljallangan soddalashtirilgan uslubiy tavsiyalar tasdiqlanganligi ham ta’kidlangan.

    2015-yilning mart oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yakunlariga ko‘ra shu yilning dekabr oyidayoq “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilganligi ijobiy baholandi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan quyidagi tuzatishlar alohida ajratib ko‘rsatilgan:

    – siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok eta olishini yengillashtiradigan, prezidentlikka nomzod ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan imzolar soni (5 foizdan 1 foizgacha) qisqartirilganligi;

    – saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni o‘tkazish shakllari, ko‘rinishlari va usullari to‘g‘risidagi normaning mustahkamlab qo‘yilganligi;

    – qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi, ovoz berish tartib-taomili soddalashtirilganligi;

    – vaqtincha yashash joyida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilish imkoniyati;

    – muddatidan oldin ovoz berish muddatlari, tartibi va jarayoni belgilanganligi, ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida “sukunat kuni” o‘rnatilishi nazarda tutilgan tuzatishlar alohida qayd etib o‘tiladi.

    Hisobotda yangi normalar YeXHT DIIHBning avvalgi tavsiyalarini inobatga olgan holda kiritilganligi va umume’tirof etilgan saylov standartlariga mos ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Saylov komissiyalari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, ularning majlislarida OAV vakillari, siyosiy partiyalar hamda xalqaro kuzatuvchilarning keng ishtirok etishi, MSKning saylov kampaniyasi bilan bog‘liq barcha materiallarni ommaviy axborot vositalarida va MSK veb-saytida tezkorlik bilan chop etishga tayyor ekanligi ekspertlar tomonidan ta’kidlab o‘tilgan. Okrug saylov komissiyalari xodimlarining qariyb 40 foizini xotin-qizlar tashkil etishi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

    DIIHB missiyasi aholini bo‘lajak saylov haqida keng xabardor qilish, uchastka saylov komissiyalarining a’zolarini saylov kampaniyasining turli jihatlari bo‘yicha puxta tayyorlashga qaratilgan kaskad treninglarni butun mamlakat bo‘ylab tashkil etish borasidagi MSK faoliyatini, shuningdek, saylovchilarning, eng avvalo yoshlar va aholi ehtiyojmand toifalarining huquqiy madaniyatini hamda elektoral faolligini yanada oshirishga doir dasturlar ro‘yobga chiqarilayotganini qayd etdi.

    YeXHT DIIHB ekspertlari barcha siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘z nomzodlarini ko‘rsatganini, shuningdek, bo‘lajak saylovda faol ishtirok etishga shayligini bildirganini ta’kidladi.

    Saylov kampaniyasini moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga va MSK qarorlariga muvofiq amalga oshirilayotganligiga e’tibor qaratildi. Ushbu hujjatlarda saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun har bir siyosiy partiyaning budjetini 1 milliard o‘zbek so‘migacha ko‘paytirishni, shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan saylov yakunlari bo‘yicha bir oy davomida o‘z veb-saytida va o‘z bosma organi sahifalarida pul mablag‘lari sarf-xarajatlari to‘g‘risida hisobot chop etish majburiyati nazarda tutilgan.

    Shuningdek, Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisobotida O‘zbekistonda 1472 ta ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatayotgani, shundan 60 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekanligi, siyosiy jihatdan muhim axborotni tarqatish vositasi sifatida ayniqsa shaharlarda internet va ijtimoiy tarmoqlardan, xususan, Facebook hamda YouTube’dan tobora ko‘p foydalanilayotganligi ta’kidlanmoqda. Nomzodlar va ularning ishonchli vakillari o‘rtasida tematik tok-shou va debatlar, shuningdek, saylov mavzusi bo‘yicha turli dasturlar tashkil etish borasidagi davlat televideniyesi va xususiy telekanallarning rejalari qayd etilmoqda.

    Fuqarolarning saylov huquqlari buzilganligi ustidan qilingan shikoyatlarning saylov komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqish muddatlari qisqartirilganligi ijobiy qadam sifatida tilga olinmoqda. Jumladan, shikoyat kelib tushgandan boshlab uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kamroq vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozim. Boz ustiga, saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ana shunday muddatda sudga shikoyat qilish mumkin.

    Siyosiy partiyalar saylov uchastkalarida ovozlarni hisoblashda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan o‘z vakillarini, shu jumladan, kuzatuvchilarini tayinlashi, shuningdek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan, MSK majlislarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining ishtirok etish huquqiga ega ekanligi qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilganligi ekspertlarning hisobotida ta’kidlanmoqda.

    Bayon etilganlarga asoslanib, shuningdek, O‘zbekiston hokimiyati idoralari xalqaro standartlariga muvofiq butun saylov jarayoni transparentligini ta’minlashga tayyorligini e’tiborga olib, Ehtiyojlarni baholash missiyasi o‘z hisobotida YeXHT DIIHBga Saylovni kuzatish bo‘yicha to‘laqonli missiya yuborishni va uning zimmasiga quyidagilarni kuzatib borish vazifalarini yuklashni taklif qildi:

    – qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning amalda ro‘yobga chiqarilishi;

    – saylovoldi tashviqotining o‘tkazilishi;

    – saylovchilarning ro‘yxatga olinishi;

    – ommaviy axborot vositalarida saylov jarayonining yoritib borilishi;

    – barcha darajalardagi saylov komissiyalari faoliyatining, shu jumladan, ovoz berish kuni qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik borasidagi faoliyatining tashkil etilganligi.

    Saylovni kuzatish missiyasi — asosiy guruh, 28 kishidan iborat uzoq muddatli kuzatuvchilar, shuningdek, 250 kishidan iborat qisqa muddatli kuzatuvchilardan iborat tarkibda tuzish taklif etilmoqda. Ular ovoz berish kuni saylov uchastkalarida tizimli kuzatuvni amalga oshiradi.

    MSK matbuot xizmati ma’lum qilganidek, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi kabi nufuzli tashkilotlar, shuningdek, Yevropa, Amerika, Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va MDH mamlakatlari parlamentlarining, saylov organlarining ko‘p sonli vakillari hamda boshqa ekspertlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

    21.10.2016, 20:45   Izoh (0)   6204
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda qurilishi boshlangan tramvay yo‘li, “O‘zbekiston havo yo‘llari” taqiqlagan Samsung Galaxy Note 7, mashinani yondirib yuborgan iPhone 7 ning portlashi v...

    21.10.2016, 20:06

    “Adolat” SDP Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod hujjatlarini taqdim qildi

    21.10.2016, 17:24

    Toshkentda 22-oktabrga o‘tar kechasi yomg‘ir qorga aylanishi mumkin

    21.10.2016, 17:22

    Xalq demokratik partiyasi Hotamjon Ketmonov nomzodini ro‘yxatga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlar topshirdi

    21.10.2016, 16:59

    Toshkentda favvorali xiyobonga aylantirish maqsadida yopilgan ko‘cha ikki oy o‘tib yana avtoyo‘lga aylantiriladigan bo‘ldi

    21.10.2016, 15:55

    Rustam Azimov O‘zbekistonga beg‘araz yordam berayotgani uchun Xitoy hukumatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi

    21.10.2016, 15:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.