Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin JCh final bosqichining ishtirokchilari sonini oshirish bo‘yicha hali o‘z pozitsiyasini ishlab chiqmadi. Bu haqda mutasaddi AP’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Hali erta bo‘lgani uchun bu masala yuzasidan ovoz berishni xohlamadik. Bu haqda hech qanday ma’lumot olganimiz yo‘q. Biz hech narsa ayta olmasligimizni ma’lum qildik”, – dedi Cheferin.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino JCh–2026 ishtirokchilari sonini 32 tadan 40 tagacha, keyinroq 48 tagacha oshirish taklifini bildirgan edi.
13–14-oktabr kunlari Shveysariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan FIFA Kengashining yig‘ilishida JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi ijobiy qabul qilindi. Ushbu masala yuzasidan qaror 2017-yilning yanvar oyida qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 hamda Qatarda o‘tkaziladigan JCh–2022 turnirlarida 32 milliy terma jamoa ishtirok etadi.
Izoh (0)