Instagram ijtimoiy tarmog‘i tushkunlik va boshqa ruhiy muammolardan aziyat chekuvchi kishilarga yordam berishga yo‘naltirilgan yangi funksiyaga ega bo‘ldi. Bu haqda The Huffington Post ma’lum qildi, deb yozadi “Hi-Tech Mail.ru”.
Endi Instagram’ning istalgan foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqdagi tanishlaridan biri tushkunlikda ekanligi haqida ma’muriyatiga ma’lum qilishi mumkin. Unga shu zahoti tarmoqdagi mutaxassislar murojaat qilishi yoki Instagram xodimlaridan biri maslahat berishi mumkin.
Instagram’ning ijrochi direktori Marn Levinning so‘zlariga qaraganda, qo‘llab-quvvatlash funksiyasi tufayli foydalanuvchilar ularning atrofida doim g‘amxo‘rlik qilishga tayyor birlashma mavjudligini anglashi mumkin.
Kompaniya yangi funksiyani ishlab chiqishda ruhshunos ekspertlar bilan maslahatlashgan. Tushkunlikka qarshi kurashishda ushbu usulning qanchalik samarali ekanligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)