BAA terma jamoasi hujumchisi Ahmad Halilning xizmati bilan Ispaniya La Ligasining uchta klubi qiziqdi, deb yozdi “Championat.asia”. Bular: “Deportivo”, “Espanyol” hamda “Granada”.
Amirliklarning “Al-Ahli” klubi sharafini himoya qiladigan Ahmad Halilning shartnoma muddati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Buni inobatga olgan mahalliy “Al-Ayn” klubi ham Ahmad Halilni o‘z safiga qo‘shib olish uchun bel bog‘lagan. Qayd etish kerak, aka-uka Abdulrahmonlar to‘p suradigan “Al-Ayn” Osiyo Chempionlar Ligasining finaliga yo‘llanma olgandi.
Hujumchining o‘zi unga bo‘layotgan Yevropa klublarining qiziqishi borasida biror fikr aytib o‘tmagan. Bundan bir necha yil muqaddam BAA termasining boshqa bir a’zosi Umar Abdulrahmonga “Manchester Siti” va boshqa bir qator grand klublar qiziqish bildirganida, yarim himoyachi Amirliklarni tark etmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)