Kreml Berlindagi “Normand to‘rtligi” uchrashuvidan mamnun bo‘lganini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Umuman olganda, bari ijobiy bo‘ldi”, — dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
“Biz hech qachon ortiqcha umidlar bog‘lamaganmiz, haddan ziyod umidlardan ogohlantirganmiz, Minsk kelishuvlariga rioya etishning muqobili yo‘qligiga ishonish — hozirgi vaziyatda ijobiy natija ekanligini aytib kelganmiz”, — qo‘shimcha qildi Peskov.
Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina rahbarlarining Berlinda o‘tgan uchrashuvidan so‘ng ular Minsk kelishuvlariga amal qilish zarurligi borasida qo‘shma bayonot berdi.
Izoh (0)