Futbol bo‘yicha JCh–2018 turnirining tashkiliy qo‘mitasiga 180 mamlakatdan 135 ming ko‘ngillining arizasi kelib tushdi. Bu haqda qo‘mita bosh direktori Aleksey Sorokin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Biz 180 mamlakat — Yevropa va Yaqin Sharqdan Avstraliyagacha 135 ming ko‘ngillining arizasini oldik, qabul davom etmoqda”, – dedi Sorokin.
JCh–2018 va Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turnirlarining ko‘ngillilar dasturi 2016-yilning 1-iyun kuni ishga tushirilgan edi. Volontyorlik dasturi doirasida 2017-yili Konfederatsiya Kubogida 5 mingdan ziyod, 2018-yilgi chempionatga esa 15 ming kishini safarbar etish mo‘ljallanmoqda. Yana 20 mingga yaqin faol JCh—2018 o‘tadigan shaharlardagi volontyorlik dasturlarida ishtirok etadi.
Izoh (0)