Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippinning shimoliy hududlariga yopirilgan “Xaima” to‘foni oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Getty

Foto: Getty

Tabiiy ofat uylarning vayron bo‘lishi va daraxtlarning qulashiga olib keldi. Qutqaruvchilar mamlakatning shimoliy hududida o‘n minglab odamlarni evakuatsiya qildi. To‘fon oqibatida ko‘chkilar kelib chiqqan Kagayan provinsiyasi eng ko‘p zarar ko‘rdi.

19-oktabr kuni Filippinga kuchli “Xaima” to‘foni yopirilishi kutilayotgani hamda mamlakatning shimoliy qismidagi aholi xavf ostida ekani haqida xabar berilgandi.

Mahalliy meteorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, to‘fon vaqtida shamol tezligi soatiga 315 kilometrga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi