O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Maysaraning ishi” dramasi sahnalashtirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“San’atkorning asosiy vazifasi odamlarni ezgulikka chorlash, ularning qalbida ulug‘ maqsadlarni kamol toptirishdir, — dedi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatri direktori Mavlon Xo‘jayev. — O‘quv teatrimizda yuzga yaqin iqtidorli yigit-qizga o‘n nafar pedagog ta’lim bermoqda. Sohaga ko‘rsatilayotgan e’tibor samarasida o‘z bilimi, iqtidori bilan jamiyatda munosib o‘rnini topayotgan, tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan iste’dodli yoshlar safi kengayib bormoqda”.
“Maysaraning ishi” spektakli badiiy rahbari O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev, rejissori Olimjon Dadamirzayev. Rassom Sergey Seduxin. Bosh rollarni institutning iqtidorli talabalari Mohigul Akbarova, Shohruh Nazarov, Fazliddin Qodirov, Maftuna G‘afurova ijro etmoqda.
Izoh (0)