Lufthansa aviakompaniyasining Florida shtatidagi Orlando shahriga yo‘l olgan samolyoti saloni tutay boshlaganligi tufayli Kanada aeroportiga shoshilinch qo‘ndi. Bu haqda Die Welt nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Hodisa Nyufaundlend orolining Gander shahrida yuz berganligi ma’lum qilingan. Bortida 345 nafar yo‘lovchi va 18 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 747-400 samolyotining uchuvchilari qo‘nishga ruxsat so‘ragan.
Hozirgi paytda salonning tutay boshlaganligi sababi noma’lum, yo‘lovchilarga zaxira samolyoti yetkaziladi.
Izoh (0)