Tailand Futbol Federatsiyasi JCh—2018 3-saralash bosqichidan joy olgan Avstraliyaga qarshi bellashuv joyini ko‘chirishni so‘rab, FIFA, OFK hamda Avstraliya futboli rahbariyatiga maktub yozdi. Bunga sabab esa Tailand Qiroli Pxumiponning o‘limidir, deb ma’lumot berdi “Sports.ru”.
Mamlakatni 70 yilga yaqin vaqt davomida boshqargan Pxumipon o‘zining 88 yoshida olamdan o‘tgandi. Shu boisdan ham Tailand hukumati yil oxiriga qadar barcha ko‘ngilochar va sport tadbirlarini bekor qildi. Tailandning Avstraliyaga qarshi o‘yini 15-noyabr kuni Bankokda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Izoh (0)