“Lester” klubi hujumchisi Jeymi Vardi 2,5 million funtga shinamgina uy sotib olgani haqida “Sports.ru” ma’lumot berdi.
Yangi uy o‘z ichiga 8 ta yotoqxona, basseyn, tennis korti, trenajyor zali, sauna, 5 ta hammom, 5 ta mehmonxona va 2 ta mehmonlarni kutuvchi xonalarni o‘z ichiga oladi.
Vardining uyi 80 nafar aholi yashaydigan tinchgina Linkolshirda joylashgan. Oldinlari Vardi va uning ayoli oilaga bo‘layotgan tajovuzkorona harakatlardan charchagani haqida bir necha bor OAVga intervyu bergandi. Bu holatlarning barchasi ular istiqomat qilgan Melton Moubreyda sodir bo‘lardi.
Vardi o‘tgan mavsum Angliya Premyer-Ligasida chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, to‘purarlar reytingida esa 1 ta gol farqi bilan peshqadamdan ortda qolgandi.
Izoh (0)