“Barselona” futbol klubi bilan shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgan braziliyalik hujumchi Neymar kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messidan vaqtincha ko‘proq maosh oladi. Bu haqda Marca nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, Neymar yiliga 15 million yevro hamda natijalar (o‘yinlar va gollar soni, jamoa yutuqlari va boshqalar)dan kelib chiqib 10 million yevro ko‘rinishida qo‘shimcha bonus oladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, natijalardan qat’i nazar Neymar 10 million yevro miqdoridagi bonusga ega bo‘ladi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchining yillik maoshi 25 million yevroni tashkil etadi. Bu esa Lionel Messi olayotgan maoshdan 3 million yevroga ko‘proq demakdir.
Ammo argentinalik futbolchi qo‘shimcha mukofotlarsiz yiliga 22 million yevro ishlaydi. Bundan tashqari, “Barselona” katta ehtimol bilan Messiga yaxshilangan shartnoma taklif qiladi.
Izoh (0)