Braziliyadagi jazoni o‘tash muassasalaridan birida Rio–2016 Olimpiya o‘yinlarida terakt uyushtirishda gumon qilingan Valdir Pereyra de Roshani o‘lgunicha to‘pposlashdi. Bu haqda Folha de S.Paulo nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 14-oktabr kuni Varzea-Grandi shahridagi maxsus qo‘riqlanadigan qamoqxonada, de Rosha u yerga keltirilgan kunning ertasi sodir bo‘ldi. 36 yoshli braziliyalikni u bilan kamerada bo‘lgan boshqa mahbuslar do‘pposladi.
Shundan so‘ng u shifoxonaga yetkazildi va shifokorlar bosh miya o‘lganini qayd qildi.
Hozirda Valdir Pereyra de Rosha yurak faoliyatini sun’iy qo‘llab-quvvatlaydigan apparatga ulangan. Mahbusning qarindoshlari apparatning o‘chirilishiga rozilik bermadi.
Huquq-tartibot xodimlari bo‘lib o‘tgan voqea sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)