Mosul shahri yaqinida IShID guruhiga mansub xudkush Iroq harbiylari kolonnasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda, Firat agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea Mosuldan sharqroqdagi G‘iyor punktiga yaqin Bilovat qishlog‘ida ro‘y berdi. Iroq harbiylari kolonnasi shaharga hujum qilayotgan edi. Portlash oqibatida 70 ga yaqin harbiy halok bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)