AQSh milliy xavfsizlik agentligi Kremlga yaqin jurnalistlarni kuzatib boradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “RBK”.
“Barchangiz — tegishli xizmatlar ishlanmalarining obyektlarisiz”, — dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
“Bekorga kulyapsiz, — so‘zida davom etdi Putin. — Negaligini aytaman: siz muayyan axborot tashuvchilarisiz. Barchangiz prezidentlik puliga kirasiz, shu bois muayyan axborot tashuvchilarisiz. Siz nimanidir ko‘rishingiz, nimanidir eshitishingiz, kim bilandir gaplashishingiz mumkin. Siz telefonda, ochiq aloqa orqali gaplashasiz, efirga kerak deb o‘ylaganingiz har narsani berasiz”.
Putin yuqorida sanab o‘tilganlar asosida har bir jurnalist bo‘yicha operativ ish ochish mumkinligidan ogohlantirdi.
“Ular sizlarning suhbatlaringizni kuzatib boradi. Buning bari tizimga solinadi, taxlanadi, tahlildan o‘tkaziladi, bu bilan AQSh Milliy xavfsizlik agentligi shug‘ullanadi”, — deb so‘ziga yakun yasadi RF rahbari.
Izoh (0)