Digital Innovation Technology Systems (ISTD) Ltd. (DIT Systems) kompaniyasi Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochdi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
Kompaniya innovatsion qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari, digital yechimlar va ijodiy IT loyihalarini ommalashtirish va monetizatsiya qilish bo‘yicha ekspert, agregator bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 150 million mobil aloqa abonentiga ega.
O‘zbekistondagi ofis kompaniyaning Markaziy Osiyodagi ilk tajribasi bo‘ladi.
Ochilish marosimi 6-oktabr kuni ko‘psonli sheriklar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Filial DIT Systems’ning mintaqadagi mavqeini oshirish, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mahalliy va xalqaro mobil operatorlari bilan ishlashga javob beradi.
Kompaniyaning o‘zbekistonliklarga ko‘rsatadigan xizmatlari mobil moliya xizmatlari, intensiv kommunikatsiya servislari, ko‘ngilochar kontent va mobil dasturlardan iborat bo‘lishi aytilmoqda.
Izoh (0)