13-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston–Qozog‘iston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashinining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi ishida Qozog‘iston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)