Rossiyaning Rostov viloyatida g‘alati o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Kempingda tunash uchun to‘xtagan lipetsklik oilaning avtomobili tomida o‘rnatilgan yukxona o‘g‘irlab ketildi. Yukxona ichiga oilaning marhum buvisi solingan edi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
77 yoshli ayol oila a’zolari bilan birgalikda ta’tilga ketayotgan paytda to‘satdan vafot etdi. Oila Sochiga dam olishga ketayotgan edi.
Keksa ayol kutilmaganda yo‘lda vafot etgach, oila a’zolari uning o‘limini Sochida qayd qildirdi va tanani o‘likxonaga topshirdi. Dengiz bo‘yida dam olib bo‘lgach, er-xotin Sochida maxsus ekspeditsion yukxona sotib oldi va tanani unga joylab, Lipetskka yo‘l oldi.
Yo‘lda ular Rostov viloyatidagi trassa bo‘yida kempinglardan birida tunab qoldi. Ertalab ular yukxona ichidagi o‘lik bilan birga g‘oyib bo‘lganini aniqladi.
Hozircha huquq-tartibot xodimlari jinoyatchilarni topa olmadi.
Izoh (0)