So‘nggi bir necha kun davomida Burj Al Arab yaqinidagi sohilda o‘ynayotgan besh yo‘lbars aks etgan video internetda mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi UAE Inside. Ayni paytgacha uni bir milliondan ziyod kishi tomosha qildi.
Nashr taxmin qilishicha, video Qirol Salmon bin Abdulaziz Al Saud nomli ko‘cha bo‘ylab joylashgan hovlilardan birida, xususiy plyajda olingan.