Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) ishtirokchisi, britaniyalik Denni Roberts “Manchester Yunayted” futbol klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovichni jang qilishga chaqirdi. Bu haqda, Daily Express nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Ibragimovich jang qilishga tayyor bo‘lsa, men uni kutyapman. U nimalarga qodir ekanini ko‘rmoqchiman. Buning uchun istagan vaqtda vazn yig‘ishga tayyorman”, – dedi Roberts.
2016-yilning yozida “MYu” a’zosiga aylangan 35 yoshli shvetsiyalik futbolchi taekvondo bo‘yicha qora belbog‘ sohibi sanaladi.
29 yoshli Denni Roberts 2010 yildan buyon yakkakurash bilan shug‘ullanadi. 2015-yildan esa UFC’da jang qiladi.
Izoh (0)