KXDR 4-oktabrda Sariq dengizda Koreya Respublikasi va AQSh dengiz piyoda askarlari ishtirokidagi Korea Maritime Exercise Program o‘quv mashg‘ulotlarini navbatdagi g‘arazli provokatsiya deb hisoblaydi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Koreya markaziy telegraf agentligining 5-oktabr, chorshanba kuni ma’lum qilishicha, Vashington va Seul Yonpxyondo va Pennyondo orollari hududida o‘z kuchini namoyish etmoqda.
Aynan ushbu hududda 2010-yilning noyabrida Shimol va Janub o‘rtasida odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan artilleriya otishmasi yuz bergan edi.
Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotlarida 200 nafar amerikalik va 120 nafar Janubiy koreyalik dengiz piyoda askari ishtirok etmoqda.
Izoh (0)