Polsha janubi-g‘arbidagi Lyubomej shahri burgomistri Veslav Julkovskiy Germaniyaning Gamburg shahridan tashrif buyurgan bir oila bu yerga xazina qidirib kelganini ma’lum qildi. TJournal’ning ma’lum qilishicha, xarita 64 yil muqaddam qo‘l bilan chizilgan.
“Chet elliklar uylardan birining eshigini taqillatib, belkurak so‘radi. Notanish insonlar yer qaziy boshlaganida, biznikilar vahimaga tushib, politsiya chaqirdi. Hudud o‘rab olindi”, — ma’lum qildi Julkovskiy.
Nemislarning so‘zlariga qaraganda, oila boshlig‘ining bobosi Lyubomejda yashagan bo‘lib, shu yerga xazina ko‘mib ketgan ekan. Ishlarni davom ettirish uchun ular maxsus ruxsat olishga majbur bo‘ldi.
Politsiya nazorati ostida davom etgan qazishma ishlari natijasida ular ichiga ko‘plab oltin va kumush buyumlar solingan ikkita banka topdi.
Topilgan qimmatliklar meriya seyfiga solib qo‘yildi. Ekspertlar ko‘rigidan so‘ng ular shahar muzeyiga yo‘llanishi kutilmoqda, negaki, Polsha qonunchiligiga muvofiq, mamlakat hududida topilgan xazinalar mamlakat g‘aznasiga tegishli hisoblanadi.
Izoh (0)