Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA)ga a’zo bo‘lish istagi rad etilgan Jersi oroli futbol assotsiatsiyasi Sport arbitraj sudi (CAS)ga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Jersi oroli futbol assotsiatsiyasi 2015-yilning dekabrida Angliya futbol uyushmasi tarkibidan chiqib, UEFAga qo‘shilish istagini bildirgandi.“Biz bunday javobni kutmagandik. Futbol nuqtai nazaridan talablarga ortig‘i bilan javob beramiz. Ishning ko‘rib chiqilishi qancha davom etishini bilmayman, ammo sudni intizorlik bilan kutyapmiz. Muammo 6 oyda hal bo‘lishiga umid qilamiz”, – dedi Jersi oroli futbol assotsiatsiyasi prezidenti Fil Ostin.
Jersi La-Mansh bo‘g‘ozidagi orol bo‘lib, Normand orollari orasida eng kattasi sanaladi. Uning aholisi 98 ming kishiga yaqin.
Ma’lumot uchun, qisman mustaqil va qisman tan olingan mamlakatlar orasida Gibraltar, Kosovo va Farer orollari UEFA tarkibiga kirgan.
Izoh (0)