Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Portugaliyaning Portu shahri aeroportida yuk tashuvchi yo‘qolib qoldi. Keyinroq u Angolaga uchayotgan layner yukxonasida hushsiz ahvolda topildi, deb xabar bermoqda National Geographic.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

TAAG Angola Airlines aviakompaniyasining DT-655 reysi Portudan uchib chiqqanidan so‘ng 40 daqiqa o‘tib, uchuvchilarga ishchi g‘oyib bo‘lgani haqida xabar berildi. U paytda Luandaga uchayotgan layner Lissabondan 110 kilometr janubi-sharqroqda edi.

Oxirgi marta yuk tashuvchi uy jonivorlarining qafaslarini yuk bo‘linmasiga joylayotganida ko‘rilgan edi. Havo kemasi kapitani Portugaliya poytaxtida qo‘nishga qaror qildi. Darhaqiqat, qo‘nish amalga oshirilganidan so‘ng ishchi yuk bo‘linmasidan hushsiz holda topildi.

Vaqtida shifoxonaga yetkazilgan ishchining ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)