Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari mamlakat sharqidagi Nangarxar viloyatida amalga oshirilgan operatsiya davomida IShID guruhining 50 dan ortiq jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda 4-oktabr, seshanba kuni Khaama Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, jangarilarning pozitsiyalariga hujum AQShning Afg‘onistondagi kuchlari bilan birgalikda amalga oshirilgan, quruqlikdagi qo‘shinlarga aviatsiya ko‘mak bergan. Harbiylar ozod etilgan hududlardan qurollar, o‘q-dorilar, shuningdek, yasama portlovchi qurilmalar topdi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, oxirgi vaqtda Afg‘onistonning janubiy viloyatlari — Luvgar, G‘azni, Hilmand, shuningdek, shimoldagi Qunduz, Jo‘zjon va Parvana viloyatlarida ekstremistlar pozitsiyalarining mustahkamlanishi kuzatilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)