Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyaning nufuzli The Lancet tibbiyot jurnali tomonidan tabobat, hayot va salomatlik bilan bog‘liq barqaror rivojlanishning ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingi e’lon qilindi. Unga binoan, jahondagi 188 davlat o‘rtasida O‘zbekiston 55-o‘rinni egalladi. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Yuqori natijani qo‘lga kiritgan dastlabki beshtalik davlatlar ro‘yxatidan Islandiya, Singapur, Shvetsiya, Andorra hamda Buyuk Britaniya joy oldi. MDH mamlakatlari orasida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarga Turkmaniston (60), Ozarbayjon (75), ­Moldova (80), Qozog‘iston (85), ­Armaniston (86), ­Tojikiston (99), Qirg‘izis­ton (113), Ukraina (118), Rossiya (119) va Belarus (120) munosib topilgan.

Reyting noldan (eng yomon ko‘rsatkich) yuzgacha (eng yaxshi ko‘rsatkich) bo‘lgan muqoyasada 33 ko‘rsatkich bo‘yicha umumlashtirilgan baholar hisobga olingan holda tuzilgan. Mamlakatlar o‘rinlarini belgilashda nazarda tutilgan mezonlar orasida bolalar hamda chaqaloqlar o‘limi, yo‘l-transport hodisalaridagi o‘lim, bolalardagi ortiqcha vazn, alkogol va tamaki iste’moli darajasi, odam immuniteti tanqisligi virusi (VICh), sil va B gepatiti bilan kasallanish, o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichlari mavjud. Bundan ­tash­qari, ekspertlar zo‘ravonlik harakatlari hamda urushlardagi o‘lim holatlarini ham hisobga olgan. Har bir mezon bo‘yicha hisoblar 1990—2015-yillar oralig‘idagi vaziyat­larning tahlili asosida chiqarildi.

Masalan, “Doyalar ishtirokidagi tug‘uruqlar” mezoni bo‘yicha O‘zbekiston maksimal darajadagi bahoni, “Kasalliklar tibbiy profilaktikasi darajasi” bo‘yicha — 93, “Havo ifloslanishi tufayli kasallikka chalinish” mezoni bo‘yicha — 89, “Oilani rejalashtirish va reproduktiv yosh” bo‘yicha — 84, “Chekish” hamda “Ichishga yaroqsiz suv ­iste’moli bilan bog‘liq kasalliklar” mezoni bo‘yicha 81 ball to‘pladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar