Namanganda xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar bermoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi: tuman hokimi Abdulxapiz Abdukarimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Hozirda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi direktori bo‘lib ishlab turgan Bahodir Yusupov Kosonsoy tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Yusupov 2009—2015-yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh (0)