Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda 5—6-oktabr kunlari “Ekologik turizm — atrof-muhitni barqaror rivojlantirish va himoya qilishning muhim omili: O‘zbekiston tajribasi va chet el amaliyoti” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi, deb yozadi UzDaily.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Tadbir O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, O‘zbekistonda YeXHT loyihalari koordinatori va boshqa manfaatdor vazirlik va muassasalar tomonidan tashkil etiladi.

Anjuman ishida BMTning Jahon savdo tashkiloti, Atrof-muhit dasturi, Yevropa iqtisodiy komissiyasi tashkilotlari, Xalqaro ekoturizm jamiyati, xalqaro moliya institutlari, diplomatik korpus, shuningdek, O‘zbekiston parlamenti vakillari qatnashadi.

Ekologik anjuman doirasida O‘zbekistonda ekologik turizmni chet el tajribasi va amaliyotini hisobga olgan holda rivojlantirish mexanizmlari va vositalari, istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)