Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 24-turidan keyin 16 jamoa orasida 12-bo‘lib turgan “Olmaliq”, ikkinchi davra startidan buyon g‘olib chiqa olmagan yagona klubdir.
“Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, bu natija klub homiysi hisoblangan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati rahbariyatini ranjitgan bo‘lishi mumkin. Xabarda kombinatning iqtisodiyot va moliya ishlari bo‘yicha direktori “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor Shkviringa telefon qilib, undan ariza so‘ragani qayd etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Olmaliq” klubi futbolchilari uy uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Toshkent shahridan qatnamoqda. Shuningdek, klubning bir qator futbolchilardan qarzdorligi ham bor.
Izoh (0)